Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Amir TEMUR-BUYUK DAVLAT ARBOBI

09 апрель 2022 йил
302
0

Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi.


Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa'yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroylar, bozorlar, qal‘alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me'moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.

 

Bugun 9-aprel Buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan "Amir TEMUR-BUYUK DAVLAT ARBOBI" mavzusida Mirzacho'l agrosanoat texnikumida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda so`zga chiqqan Mirzacho'l agrosanoat texnikumi direktori Sh.Mamatqulov yoshlarga Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin deya ta`kidladi. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o‘gitlar ekanligini aytib o`tdi.

Yoshlarga Amir Temur buyuk dav1at arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib, ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egaligini tushuntirib o`tildi.

M.Xundiboyev

Mirzacho'l agrosanoat texnikumi

Boshlang`ich tashkilot yetakchisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар