Mahsulot yetkazib berish shartnomasi
Qishloq xo‘jaligi sohasida shartnoma intizomiga rioya qilinishi masalasiga to‘xtalganda, sohada rasmiylashtirilayotgan aksariyat shartnomalar mahsulot yetkazib berish shartnomasi ekanligi, shu sababli ushbu shartnomaga qisqacha tushuncha berib o‘tish lozimligi, ya’ni mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda o‘zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro‘zg‘orda va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to‘lash majburiyatini olishi, mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli shartnoma) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatga tuzilishi mumkinligi, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida uning amal qilish muddati belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma bir yilga tuzilgan deb hisoblanishi, agar uzoq muddatli shartnomada yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdori yoki shartnomaning boshqa shartlari bir yilga yoki undan ortiq muddatga belgilangan bo‘lsa, shartnomada taraflarning bu shartlarni shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar keyingi davrlar uchun kelishib olish tartibi belgilanishi lozimligi, shartnomada bunday tartib bo‘lmasa, shartnoma tegishincha bir yilga yoki shartnoma shartlari kelishilgan muddatga tuzilgan hisoblanishini, uzoq muddatli shartnoma taraflaridan biri yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdorini yoki shartnomaning boshqa shartlarini keyingi davrlar uchun shartnomada belgilangan tartibda kelishib olishni rad qilgan yoki undan bosh tortgan taqdirda boshqa taraf tegishli davrlarda tovarlarni yetkazib berish shartlarini belgilash to‘g‘risidagi yoxud shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
O.Ergashev
Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy
sudi sudyasi