"Keksalar haftaligi" tumanimizda davom etmoqda
Mirzacho‘l tumanida "Keksalar haftaligi"ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoning 1-ilovasi 6-bandining ijrosi yuzasidan "Kekslar haftaligi" doirasida tor mutaxassislar hamda umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat tarkibda mahallalarda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilangan.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Tuman tibbiyot birlashmasi, oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida shunday chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar bugun "Bog‘bon" QFY va "Do‘stlik" MFYda istiqomad qilayotgannuroniy otaxon va onaxonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikda mahalla shifokori S.Xojaqulov, mahalla xotin-qizlar faoli S.To‘ymurodova, D.Eshimova, mahalla faoli A.Xamroyeva, M.Pirimqulova, patronaj hamshiralar O.Temirova, D.Rustamova, D.Xasanova, EKG hamshirasi Sh.Toshtemirovalar qatnashdi. Nuroniylarga tibbiyot xodimlari tomonidan kerakli tavsiya va tushunchalar berildi.