4 ta sektor rahbari tuman Dehqon bozori hududida arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalarida bo'lishdi
Bugun Mirzacho‘l tumanida 4 ta sektor rahbari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tuman Dehqon bozori hududida arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalarida bo'lishib, narx-navo barqarorligini ko‘zdan kechirdi, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriq, ko‘rsatmalar berdilar.
Mazkur yarmarka maydonlarida 20 ga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumladan, qoramol, qo‘y, tovuq go‘shtlari, baliq, tuxum, asal, mevalar, kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring, poliz va boshqa turdagi mahsulot savdoga chiqarilmoqda.
Mirzacho‘l tuman hokimligi axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)