Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi    

“Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi    

10 февраль 2023 йил
178
0


Сиёсат » Зарбдор тумани ҳокимлиги расмий сайти

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylangan kuzatuv kengashi a’zosi mazkur yig‘ilish bayonnomasida qaysi aksiyadorning vakili ekanligi yoki kuzatuv kengashining qaysi a’zosi mustaqil a`zo ekanligi ko‘rsatilishi kerak.

Shuningdek, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida 1 nafar mustaqil a’zo kiritiladi.

 

Bunda mustaqil a’zolikka nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tanlov asosida ko‘rsatiladi.

 

Bundan tashqari, agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki kaffillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.

 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Asos:O‘RQ–814-son, 18.01.2023 y.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар