Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Mirzacho'l tumanida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Mirzacho'l tumanida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi

07 март 2023 йил
130
0

Yurtimizda yosharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi. Bugun 7 mart kuni Mirzacho`l tumanidagi "Sadaf" tantanalar majmuasida 8 mart-Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

 
Tuman faollaridan iborat xotin- qizlar, ishchi-xodimlar va mahallalardagi ayol-qizlar taklif etilgan mazkur bayram tadbirida dastlab tuman hokimi Sh.Axmedov ularni bayram bilan qutlashdi. Shundan so‘ng bir guruh faol xotin-qizlar tuman hokimligining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan mukofotlanishdi.

Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo`limi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlariga navbat berildi. Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan opa-singillarimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga xushnudlik bag‘ishladi. Barchaga birdek bahoriy kayfiyat ulashgan tadbir bayram dasturxoni davrasida dilbar kuy qo‘shiqlar bilan davom etdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар