Mirzacho'l tumanida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Yurtimizda yosharish – yangilanish fasli bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami “8 – mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi. Bugun 7 mart kuni Mirzacho`l tumanidagi "Sadaf" tantanalar majmuasida 8 mart-Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tuman faollaridan iborat xotin- qizlar, ishchi-xodimlar va mahallalardagi ayol-qizlar taklif etilgan mazkur bayram tadbirida dastlab tuman hokimi Sh.Axmedov ularni bayram bilan qutlashdi. Shundan so‘ng bir guruh faol xotin-qizlar tuman hokimligining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan mukofotlanishdi.
Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo`limi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlariga navbat berildi. Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan opa-singillarimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga xushnudlik bag‘ishladi. Barchaga birdek bahoriy kayfiyat ulashgan tadbir bayram dasturxoni davrasida dilbar kuy qo‘shiqlar bilan davom etdi.