Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Korrupsiya jinoyati haqida

22 август 2023 йил
157
0

Bugungi kunda yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha murosasiz kurash ketmoqda.
Davlat tashkilotida ishlab turib ushbu turdagi jinoyatni sodir etgan rahbar va xodimlar uchrab turgani ayanchli holatdir.
Pora olganlik holati uchun barcha holatlarda jinoiy javobgarlik mavjud.
Pora beruvchining manfaati uchun tegishli harakatlarni bajarish vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin o‘zining egallab turgan lavozimi mavqeiga ko‘ra, pora uchun ushbu harakatlar boshqa mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi uchun chora ko‘rish mumkin bo‘lgan mansabdor shaxslar ham ushbu jinoyatning sub’yekti deb topiladi.
Mansabdor shaxsning o‘z qo‘li yoki nazorati ostidagi shaxslardan ularni xizmat yuzasidan himoyalash yoki qo‘llab turish, vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni ushbu shaxslar manfaatlarini ko‘zlagan holda hal kilganligi uchun ulardan pul mablag‘lari yoki boshqacha boyliklar olishini pora olish deb baholanadi.
Boyliklar yoki xizmatlarni olish shartlari oldindan maxsus kelishilmagan bo‘lsa-da, lekin jinoyat ishtirokchilari pora, pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab berilayotganligini anglagan hollarda ham man¬sabdor shaxslarning harakatlari pora berish va olish deb tan olinadi.
Boshqa shaxsga pora berish yo‘li bilan istalgan harakat yoki harakatsizlikka erishishni taklif qilgan shaxs pora beruvchi tariqasida javobgar bo‘ladi, pora uchun kelishilgan harakatni bajarishga kelishgan va porani topshirgan shaxs esa pora berishda ishtirokchi tariqasida javobgar bo‘lishi lozim. Agarda u taklifning mohiyatini bilgan holda porani faqatgina taqdim etsa, uning harakatiga poraxo‘rlikda vositachilik tariqasida qaraladi.
Jinoyatni sodir etishda avvaldan, ya’ni jinoyat boshlanguncha kelishib olgan ikki yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, pora olish bir gupyh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda sodir etilgan hisoblanadi. Jinoyat mansabdor shaxslardan loaqal biri pora olgan paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi. Bunda pora oluvchi shaxsning pora olishda bir necha man¬sabdor shaxslar ishtirok etayotganligini tan olgan-olmaganligining ahamiyati yo‘q.
Hayotda turli holatlarga duch kelamiz. Ba’zida ko‘z o‘ngimizda qonunlar buziladi, inson huquqi, qadr-qimmati poymol etiladi. Bunday vaziyatlarda chorasizlikdan odamning boshi gangib qoladi. Lekin, unutmaylik, xalqimizda "Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan afzaldir" degan naql mavjud. Jamiyatimizdagi har qanday jarayonga loqayd munosabatda bo‘lmaslik barchamizning ustuvor burchimizdir, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishni biz, eng avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz lozim.
Davlat xodimlari o‘z mansabidan foydalanib ushbu turdagi jinoyatga qo‘l urishidan yoki boshqacha yo‘l bilan aralashib qolishdan oldin chuqur mulohaza qilib o‘ylab ko‘rishlari lozim. Va holangki har-qanday jinoyat uchun jazo muqarrar.


Muxammadi Jo‘rayev

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Mirzacho‘l tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Bezorilik jinoyati haqida
10 февраль 2023, Пятница
Bezorilik jinoyati haqida
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
07 февраль 2023, Вторник
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Odam savdosi global muammo
28 январь 2023, Суббота
Odam savdosi global muammo
KORRUPSIYA - QONUNGA XILOF PUL DAROMADLARI
29 январь 2022, Суббота
KORRUPSIYA - QONUNGA XILOF PUL DAROMADLARI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар