Investitsiya va qurilish sohasida qilingan ishlar
2023 yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 281,1 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,8 foizni tashkil qildi.
Joriy davrda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari asosan korxonalarning o‘z mablag‘lari (jami investitsiyalar hajmiga nisbatan 176,9 %), tijorat banklari kreditlari (13,2 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi bu chorakda mavjud emas.
Tumanda uy-joy qurilishida jami 15,3 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi yoki jami investitsiyalar hajmining 5,4 foizini tashkil qildi.
Mirzacho‘l tumanida 2023 yilning yanvar-iyun oylarida umumiy maydoni 14,5 ming kv.m. (2022 yil yanvar-iyuniga nisbatan 100,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Kommunal qurilishda 49,9 km suv tarmoqlari va 0,5 km. gaz tarmoqlari ishga tushirilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 554,4 foiz suv tarmoqlari va
50,0 foiz gaz tarmoqlarini tashkil qildi.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida 32,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022 yilning yanvar–iyunga nisbatan 89,8 foizni tashkil etdi.
M.Eshaliyev
Mirzacho‘l tuman statistika bo‘limi
yetakchi mutaxassisi