Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Jizzaxda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda

Jizzaxda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda

04 октябрь 2023 йил
193
0

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha so‘nggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari institutining (KEITI) Jizzax viloyati hokimiligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma Mermorandumga ko‘ra Jizzaxda 96,6 mln. AQSH dollar qiymatga ega qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish loyihasi muhim ahamiyatga egadir.

2021 yil 2 dekabr kuni Jizzax viloyatida 2022-2026 yillarda chiqindi sohasini rivojlangan mamlakatlardagidek tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan Janubiy Koreyaning atrof-muhit sanoati va texnologiyalari institutining (KEITI) Jizzax viloyati hokimiligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma Mermorandumga ko‘ra qiymati 6.6 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant va qiymati 90,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari loyihasi asosida Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash ko‘chma stansiyalarini yaratish, yangi qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish va amaldagi poligonlarda zamonaviy talablarga javob beradigan chiqindixonalarni qayta qurish ishlari 2024-2026 yillar davomida amalga oshiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 96,6 mln. AQSH dollar bo‘lib, shundan 6,6 mln. AQSH dollar miqdoridagi grant mablag‘lari, 90,0 mln. AQSH dollarli kredit mablag‘laridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-67-son Qaroriga asosan grant mablag‘lari Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi chiqindilar poligonida 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yig‘ish inshootini qurish, 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin bo‘lgan chiqindi gaz yig‘ish tizimini qurish, kuniga 5-10 tonna tibbiyot chiqindilarni yoqish inshootini o‘rnatish, shuningdek, chiqindixonaning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar va boshqa qurilmalar xarid qilishga yo‘naltiriladi.

Qiymati 90 mln. AQSH dollari bo‘lgan kredit mablag‘lari esa Koreya Iqtisodiy taraqqiyot hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyiha hujjati Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib, xorijiy hamkor «EDCF» Fondi hamda KEITIga kiritilgan.

Loyiha doirasida Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida ekologik norma va sanitar talablarga javob beradigan zamonaviy qattiq maishiy chiqindi poligonlari barpo etiladi. Jalb etilayotgan mablag‘lar hisobidan 3 ta sanitar talablarga javob beradigan qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish, 5 ta hududda kompostlash va chiqindilarni saralash kompleksini qurish hamda Zarbdor, Arnasoy, Paxtakor, Mirzacho‘l, Yangiobod va Baxmal tumanlarida 6 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari quriladi.

Ikkinchi bosqichda chiqindixonalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida qattiq maishiy chiqindi poligonlarida zichlash ishlarini amalga oshirish uchun 5 ta maxsus texnika, konteynerlarni tashish uchun 12 ta maxsus texnika, chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi uchun sig‘imi 60 kub.metr bo‘lgan 28 ta konteynerlar, 5 ta buldozer, 5 ta ekskavator, 5 ta avtoyuklagich, 5 ta samosval va kompostlash uchun uskunalar xarid qilinadi - deb ta’diklaydi boshqarmaning ekologik nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Bunyod Egamov.



manba:jizzax.uz

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Tabiatga zarar keltirgan fuqarodan jarima undirildi
28 август 2023, Понедельник
Tabiatga zarar keltirgan fuqarodan jarima undirildi
JINOYAT MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI
21 июль 2023, Пятница
JINOYAT MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
07 февраль 2023, Вторник
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘lida
17 январь 2023, Вторник
Ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘lida
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар