Tabiatga zarar keltirgan fuqarodan jarima undirildi

Insoniyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri — atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, global ekologik inqirozga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.
Biroq, o‘zining konstitutsion burchini to‘g‘ri anglab yetmagan, insoniy vazifalarini bajarmaydigan fuqarolar ham uchrab turadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining 06.05.2023-yildagi ijro varaqasiga asosan fuqaro Sh.A. dan Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga 13,8 mln. so‘m jarima undirish belgilangan.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan 2,5 million so‘m qarzdorlik to‘liq undirildi. Qolgan qarzdorliklar bo‘yicha ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Bekzod Iskandarov
Majburiy ijro byurosi
Mirzacho‘l tuman bo‘limi
Majburiy ijro byurosi
Mirzacho‘l tuman bo‘limi
davlat ijrochisi
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:

11 март 2023, Суббота
Kredit qarzdorlik evaziga 594.776 AQSh dollariga baholangan bino auksionga chiqarildi
Изоҳлар (0)