KREDIT QARZDORLIGI “NEXIA 3” GA QARATILDI
Kredit – pul mablag’lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to’lab qaytarib berish sharti bilan ma`lum muddatlarga qarzga berish tushuniladi.
Kredit beruvchi va oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda bank manfaatida nizoli vaziyat sudda ko’rib chiqilib, qaror ijrosi Byuro organlariga yuklatiladi.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo’yicha Samarqand shahar sudining 25.08.2023 yildagi ijor varaqasiga asosan qarzdor B.Nurmanova hisobidan ATB “Kapitalbank” foydasiga jami 87.744.727 so’m kredit qarzdorligi va davlat foydasiga 3.509.789 so’m davlat boji undirish hamda undiruvni ajratilgan ushbu kredit mablag’i hisobidan sotib olingan “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan bo’lib, mazkur ijro hujjati ijrosi Byuroning Mirzacho’l tuman bo‘limiga yuklatilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida garov mulki bo’lgan “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasi qarzdorlik evaziga xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun saqlov maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasi realizatsiyadan tushadigan pul mablag’lari kredit qarzdorligiga yo’naltirilishi ta`minlanadi.
S.I.Isroilov
Byuroning Mirzacho’l tuman
bo’limi boshlig’i v.v.b
2-darajali yurist