Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Mirzacho'l tumani "Akbarshox" tantanalar zalida ommaviy-madaniy va xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Mirzacho'l tuman hokimligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi, O‘zbekiston “Mahalla" xayriya jamoat fondi Mirzacho'l tuman bo‘linmasi ishtirok etdi.
Tadbirda Mirzacho'l tuman hokimi Sherzod Axmedov nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada hurmatli Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasi ekanligini qayd etib o‘tdi.
Tadbir davomida 50 dan ortiq nogironligi bor fuqarolarga sovg‘alar topshirildi, 41 nafar uyda yotib qolgan yakka yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxslar holidan xabar olindi.