Mirzacho‘l tumanida “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mirzacho‘l tumanida “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bug‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekistan mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 21 dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish maqsadida Daxlat xizmatini rivojlantirish Agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda biriktirilgan hududiy trenerlar bilan hamkorlikda Mirzacho‘l tumanida “mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mirzacho‘l tumanidagi 12 mahalalardagi “mahalla yettiligi” 2 ta guruhlarga bo‘lingan holda 1-umumta’lim maktabi hamda Agrosanoat texnikumi binolarida biriktirilgan hududiy trenerlar tomonidan 11 ta mavzular bo‘yicha o‘quv-seminarini yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
O‘quv seminari yakuni bilan “mahalla yettiligi” tomonidan bugungi olgan bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkaziladi.