“Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri otkazildi
Mirzacho`l tumani Mirzadala mahallasida jamoat xavfsizligini ta`minlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat tartibini saqlash maqsadida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri otkazildi. Mazkur tadbirga jalb etilgan tuman IIB, tuman FVB, tuman MG qo’riqlash xizmati va mahalla yettiligiga tuman IIB boshlig`I J.Karimov tomonidan yoriqnoma o`tildi. Aholi osoyishtaligini saqlash, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Tadbirda soha xodimlari tomonidan kop qavatli uylar, korxona va tashkilotlar kozdan kechirildi. Bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat otkazildi. “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida kop qavatli uylar va savdo komplekslarida fuqarolarga o`zlariga tegishli mol-mulklarni qarovsiz qoldirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Mirzacho`l tumani hududida ijtimoiy vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tezkor-profilaktik ishlar boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.
Tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga e`tibor qaratish asnosida, yoshlarni, xususan ichki ishlar organlarida hisobda turgan shaxslarni ishga joylashtirish, bandlik tashkilotlari hamda mahalla beshligining bu boradagi mas’uliyatini oshirish, sport to‘garaklari tashkil qilish va yoshlarni jalb qilish, madaniy va ma`rifiy tadbirlar o‘tkazish yuzasidan fikrlar bildirilib mahallada mavjud sport to'garagi faoliyati bilan xam yaqindan tanishildi.