Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Inson qadri - qonun himoyasida

22 февраль 2024 йил
187
0
Inson qadrini ta`minlash uchun avvalo, fuqarolar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish, fuqarolarga ijtimoiy, huquqiy yordam berish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida sayyor qabullar tashkil qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir
Joriy yilning 13 fevral sanasida Do’stlik tumanlararo fuqarolik sudi sudiyasi B.R.Inoyatov va Jizzax viloyati Pensiya Jamg’armasi yuristkonsulti N.To’ymuradova ishtirokida Mirzacho’l tuman Pensiya jamg’armasida aholi bilan sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabul davomida tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari eshitildi ularning aksariyati qabul davomida ijobiy yechimini topgani quvonarli xolat. Jumladan qabulga tashrif buyurgan Mirzacho’l tumani Yangidala mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 05 oktyabr 1968 yilda tug’ilgan fuqaro Kuchbayeva Oyimxol bir necha yillar davomida 2000-2006 yillarda Denov tuman hududida joylashgan Oxunbabayev kolxozida ishlagan davrini tasdiqlovchi mexnat daftarchasi yo’qolib qolganligi sababli pensiyaga chiqishda muammolarga duch kelayotganligini aytib o’tdi.
Pensiya jamg’armasi Jizzax viloyat boshqarmasi yuristkonsulti N.To’ymuradova bunday xolatda ish stajlarini sud tartibida tasdiqlash lozimligini aytib xuquqiy maslaxatlar berib, ushbu fuqaroning murojaatini o’z nazoratiga oldi.
Do’stlik tumanlararo fuqarolik sudi sudyasi B.R. Inoyatov tomonidan fuqaro Kuchbayeva Oyimxolning 2000-2006 yillarda Denov tuman xududida joylashgan Oxunbabayev kalxozi”da ishlaganlik faktini belgilash xaqidagi arizasini ko’rib chiqib mazkur yillar davomida xaqiqatdan xam ishlagan deb topib, xal qiluv qaroriga ko’ra ishlaganlik fakti belgilandi.
Fuqaro bilan bo’lgan suxbat davomida uning murojaati ijobiy yechimini topib, unga pensiya tayinlab berilganligidan mamnunligini bildirib o’tdi.

B.R.Inoyatov
Do’stlik tumanlararo fuqarolik sudi sudyasi


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI
27 декабрь 2023, Среда
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI
27 декабрь 2023, Среда
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR JOYIDA HAL ETILDI
Inson manfaatlari-qonun himoyasida
26 октябрь 2023, Четверг
Inson manfaatlari-qonun himoyasida
Sayyor qabul o'tkazildi
02 июль 2022, Суббота
Sayyor qabul o'tkazildi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар