SUDDA ONASIGA ALIMENT TOLAGAN FARZAND JAVOBGARLIKDAN OZOD ETILDI
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar deb ko'rsatilgan.
Shunday ko'rinishlardan biri, fuqarolik ishlari bo'yicha Do'stlik tumanlararo sudining 27.08.2019 yildagi qarzdor farzand Sh.Turakulovdan undiruvchi onasi G.Turakulova foydasiga moddiy ta'minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Mirzacho'l tuman bo'limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga aliment qarzdorligini to'lashligi haqida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan alimentdan 3.595.594 som qarzdorligi mavjudligi sababli, unga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 475-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlik masalasi ko'rib chiqishlik uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan holda sudga yuborilishi ta`minlandi.
Shundan so'ng, Jinoyat ishlari bo'yicha Mirzacho'l tuman sudining 04.03.2024 yildagi sud majlisida, qarzdor Sh.Turakulov tomonidan aliment qarzdorlik to'liq to'lab berilib, mazkur ma`muriy ish MJtKning 271-moddasi 10-bandiga asosan ish yuritishdan tugatildi.
Eslatib otamiz, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga ta`minot berishi majburiyatdir.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
11 март 2023, Суббота
Kredit qarzdorlik evaziga 594.776 AQSh dollariga baholangan bino auksionga chiqarildi
Изоҳлар (0)