Mirzacho‘lda "Tomorqa xizmati" MCHJ korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 martdagi PQ-115-sonli “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Mirzacho‘l tumani Gʻalaba mahallasida aholi tomorqalarida ochiq va yopiq usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili bo‘yicha xonadonlarda ekinlar ekish ishlari, parranda boqish, inkubatorlardan foydalanish tajribasi, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, ularning natijadorligi tomorqadan yiliga 2-3 marotaba hosil olish, yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash, sotish va eksport qilish ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Seminarni tuman hokimi B.Mirzaqulov olib bordi.
- Har bir mahallada Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan va aholi tomorqalariga xizmat ko‘rsatuvchi "Tomorqa xizmati" MCHJ korxonalarini tashkil etilishi hamda ularning aholiga ko‘rsatadigan xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi, jumladan;
Tegishli tashkilotlarga tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJga dala do‘koni, 1 dona minitraktor, 2 dona motokultivator, 1 dona motoroller, 1 ta 10 tn. sig‘imlik sovutgichli omborxona, 10-15 tadan mini Quritish syexi, kamida 2 tadan dori purkagich va aholiga zarur bo‘ladigan urg‘lik, ko‘chatlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlanishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Bundan tashqari seminar ishtirokchilariga mini quritish va qadoqlash syexlari va sovutgichli omborxonalar va tomorqa yerlardan samarali foydaanish uchun boshqa yo‘nalishlarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi hisobidan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Mirzacho`l tuman hokimligi Axborot xizmati