Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Jizzaxda hokimlik zaxirasidagi 20 sotix yerni sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Jizzaxda hokimlik zaxirasidagi 20 sotix yerni sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

09 апрель 2024 йил
102
0

Jizzax viloyati IIB tomonidan noqonuniy yer savdosiga chek qoʻyildi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda tumanning Kuyovboshi mahallasida yashovchi tadbirkor ayol va Qoʻshkoʻprik mahallasida istiqomat qiluvchi 1996-yilda tugʻilgan yigit protsessual tartibda ushlangan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar oʻzaro til biriktirib, baxmallik 26 yoshli fuqaroga tumanning Kuyovboshi hududida joylashgan, hozirda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan sobiq fermer xoʻjaligi 5 gektar yer maydonining 20 sotixini 180 million soʻmga sotishga kelishib, pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, yer sotuvchilar oldinroq 5 gektar yerning 10 sotixini 33 million soʻmga sotgani, xaridor ushbu yer maydonida qurilish ishlarini boshlab yuborgani aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар