AHOLI TOMORQASIDAN SAMARALI FOYDALANISH BORASIDA ISH OLIB BORILMOQDA
Mirzacho'lda tuman hokimi boshchiligida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha Sayxunobod tajribasini keng joriy etish borasida ish olib borilmoqda.
Jumladan, bugun tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi “2023–2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidagi yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili ko'rib chiqildi.