Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » O`zbekiston Respublikasi Prezidentining sudlarga oid yangi qabul qilingan qaror va farmonlari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining sudlarga oid yangi qabul qilingan qaror va farmonlari

28 июнь 2024 йил
136
0

SUDLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH DAVR TALABI - Sirdaryo viloyat sudi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi (PF-11-son) va "Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmonlari qabul qilindi.

Sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni bilan 2023 – 2026 yillarga mo`ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.

“Inson qadri uchun” g`oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo`naltirish;

adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo`lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sud`yalar siymosida o`zining ishonchli himoyachisini ko`rishiga erishish;

fuqarolar hamda tadbirkorlarga o`z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to`laqonli ro`yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta`minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;

sudlar faoliyatini to`liq raqamlashtirish, sun`iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma`lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;

sud`yalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo`yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;

sud qarorlarining qat`iy ijrosini ta`minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas`uliyatini oshirish;

sud`yalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg`otish - Strategiya doirasida odil sudlovni ta`minlashning ustuvor vazifalari etib belgilandi.

Sud mustaqilligi va sud`yalar daxlsizligini ta`minlash yana-da kuchaytiriladi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonida sud`yalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat`iy jazolanishi, sud`yalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi alohida qayd etiladi.

Shuningdek, Farmon bilan sudning mustaqilligi va sud`yalar daxlsizligini ta`minlashni kuchaytirish bo`yicha:

sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma`muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;

sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini ta`minlashga qaratilgan ta`sirchan mexanizmlarni joriy etish;

odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo`yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etishga oid choralar belgilandi.

Sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi

Sud mustaqilligi va sud`yalar daxlsizligini ta`minlash yana-da kuchaytiriladi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonida sud`yalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat`iy jazolanishi, sud`yalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi alohida qayd etiladi.

Shuningdek, Farmon bilan sudning mustaqilligi va sud`yalar daxlsizligini ta`minlashni kuchaytirish bo`yicha:

sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma`muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;

sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini ta`minlashga qaratilgan ta`sirchan mexanizmlarni joriy etish;

odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo`yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etishga oid choralar belgilandi.

Sud tizimining axborot siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqiladi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra, Oliy sud Konstitutsiyaviy sud, Sud`yalar oliy kengashi va O`zbekiston Sud`yalari Аssotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2023 – 2026 yillarga mo`ljallangan sud tizimining axborot siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, mazkur Farmon bilan aholi orasida sud hokimiyatining ijobiy timsolini shakllantirishda faol ishtirok etishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Sud`yalari Аssotsiatsiyasiga:

ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sud`yalar faoliyati bo`yicha qonunga xilof va asossiz e`lon qilingan har bir holatga sud hokimiyatining faxriylari tomonidan ob`ektiv ravishda va tezkorlik bilan munosabat bildirib borish;

sud`yalar va sud hokimiyatining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan sudlarga murojaat qilish tavsiya etildi.

M.M.Yuldashev

Jizzax tumanlararo

ma`muriy sudining sud`yasi                                                     

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар