Hokim va yoshlar ochiq muloqoti
Yurtimizda ma'naviyatga, ma'rifatga, madaniyatga e'tibor yuksak darajada. Zero, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masaladir”, - degan edi davlat rahbari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida.
Mirzacho'l tumanida o'tkazilgan "Hokim va yoshlar ochiq muloqoti"da ham ana shunga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, uchrashuv har qachongidan ham noan'anaviy tus oldi.
Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan davra suhbati davomida, tumanimizning ilg‘or va o‘z ustida ishlaydigan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan bir qator yoshlari bilan birga tumanimizda yaqindagina tuman hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan kasbga o'qitish va til o'rganish kurslari o'quvchilari ham ishtirok etdi.
Uchrashuv so'ngida tuman hokimi B.K.Mirzaqulov yoshlar bilan bilan qizg'in suhbat qurar ekan, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad tilab, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini aytib o'tdi.