Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar Oʻzbekiston uchun doimo ustuvor

Demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar Oʻzbekiston uchun doimo ustuvor

27 август 2024 йил
39
0

Soʻnggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma`rifiy asoslari yaratildi.

Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash maqsadida:

Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yoʻnalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi.

Ushbu Taraqqiyot strategiyasidan asosiy maqsad:

Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash;

adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

ma`naviy taraqqiyotni ta`minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;

mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:

ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy etilsin;

qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini maʼmuriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning oʻziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat`iy ta`minlansin;

harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yoʻlga qoʻyiladi.

A.Xujanazarov

Do‘stlik tumalararo iqtisodiy

sudi sudyasi                                                                           

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар