Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » “Korrupsiya – Taraqqiyot kushandasi”

“Korrupsiya – Taraqqiyot kushandasi”

23 август 2024 йил
68
0

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi - Xalq so'zi

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid amaldagi qonun hujjatlarining mazmun mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasi

Korrupsyaga qarshi kurashishga oid amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha fuqarolarga qoʻyilgan vazifa va talablarni jamoatchilikka yetkazish masalasining dolzarbligi  ekanligi hamda sud xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishdagi faoliyati davomida muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik uchun haq (pora) taklif qilinganligi toʻgʻrisida xabar berish va uni koʻrib chiqish Tartibi” ning mazmunini tushuntirib, sud xodimlariga tamagirlik, korrupsiya illatlariga murosasiz munosabat bildirishlari, ushbu meʼyoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqib, muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik uchun ularga haq taklif qilinganligi holati toʻgʻrisida sudyalar malaka hayʼatiga xabar berishlari lozimligini qat`iy uqtirib, sudda ish yuritishda, oʻz xizmat vazifalarini bajarishda va boshqa vaqtlarda tamagirlik yoki tovlamachilik qilmaslik, pora bilan bogʻliq jinoyatlar bilan shugʻullanmaslik, har qanday koʻrinishdagi qonunga xilof boshqa xatti-haraktlarni sodir etmasliklari, ishdan tashqari holatda fuqarolar bilan boʻladigan munosabatda “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonun, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, quyi sudlar, Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari uchun ichki mehnat tartibi qoidalari” bilan tartibga solinadi.

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish boʻyicha izchil choralar koʻrilayotgani, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yoʻlga qoʻyish orqali davlat boshqaruvida samarali, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgani tilga olindi.

Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun masʼul boʻlgan alohida organ – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi, Davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilayotgani eʼtirof etildi.

Bugungi kunda Mustaqil Oʻzbekistonimiz har tomonlama va har bir sohada yuksak  rivojlanib oʻzining dunyo miqyosida  oʻz obroʻsini yanada oshirib kelmoqda. Shu munosabat bilan Prezidentimiz 02.02.2017-yildagi PQ-2752-sonli qaror “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida chiqarilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida qonuni qabul qilingan boʻlib, unga koʻra Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Ushbu qonun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

Korrupsiya shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunda nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

Manfaatlar toʻqnashuvi shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta`sir koʻrsatayotgan yoxud ta`sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ulargachek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta`minlash.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.

Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini taʼminlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar koʻrish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

 

I.Qurbanov

Do‘stlik tumalararo iqtisodiy

sudi raisi                                                                                 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Korrupsiya jinoyati haqida
22 август 2023, Вторник
Korrupsiya jinoyati haqida
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
07 февраль 2023, Вторник
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Odam savdosi global muammo
28 январь 2023, Суббота
Odam savdosi global muammo
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар