Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Jizzaxda 1-oktyabr - “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” nishonlandi

Jizzaxda 1-oktyabr - “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” nishonlandi

30 сентябрь 2024 йил
10
0

Jizzax viloyat hokimligi Anjumanlar saroyida 1-oktyabr - “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.


Tantanali tadbirida soʻzga chiqqan viloyat hokimi Ergash Saliyev soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Viloyat hokimi oʻz soʻzida “Avvalo, sizlarni — taʼlim va tarbiya sohasining barcha fidoyi xodimlarini umumxalq bayrami “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Shu ulugʻ ayyom kunlarida oʻz hayotini yoshlarga bilim, tarbiya berishdek eng ezgu ishlarga baxshida etgan zahmatkash ustoz va murabbiylarga oʻzimning chuqur hurmatim va ehti-romimni izhor etishdan baxtiyorman” deb barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Taʼkidlash joizki, Davlatimiz rahbarining “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmoniga koʻra umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va oliy oʻquv yurtlarining oʻqituvchi hamda tarbiyachilaridan bir guruhi davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor boʻldilar.

Jumladan, “Doʻstlik” ordeni bilan Paxtakor tumanidagi “KIDDIE” davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Galina Azamatova, II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi chang sinfi oʻqituvchisi Rustam Ibragimov, “Shuhrat” medali bilan Doʻstlik tumani 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi Alisher Shodiyorov, Baxmal tumani 66-umumiy oʻrta taʼlim maktabi fizika fani oʻqituvchisi Gulchehra Qoʻnisheva, Jizzax Davlat pedagogika universiteti informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi Xurram Tangirov, Jizzax shahridagi Prezident maktabi informatika fani oʻqituvchisi Bekzod Nasimovning taqdirlanishdi.

Yuksak davlat mukofotlarini viloyat hokimi Ergash Saliyev egalariga tantanali tarzda topshirdi.

Shuningdek, sohada faol boʻlgan bir guruh vakillar ham esdalik koʻkrak nishoni va viloyat hokimi faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bayramda poytaxtimizdan kelgan taniqli sanʼatkorlar hamda mahalliy sanʼatkorlar chiqishi barchani xushnud etdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар