Ma’muriy jazo va uning turlari haqida
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va ob’ektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
Ma’muriy jazoning maqsadi - Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Ma’muriy jazoning turlari - Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
41) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;
5) ma’muriy qamoqqa olish.
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
Ushbu modda birinchi qismining 2—6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’muriy jazo choralari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari - Ashyolarni ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin.
Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ шарҳи
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2018 йил 30 ноябрдаги 35-сон «Судлар томонидан маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишларни кўришни тартибга солувчи қонунларни қўллашнинг айрим масалалари тўғрисида»ги Қарорининг 23-банди.
Jarima - Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
Musodara qilish - Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.
Maxsus huquqdan mahrum qilish - Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish - Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat bo‘lib, u sudlar tomonidan sakkiz soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Agar huquqbuzar o‘qiyotgan bo‘lsa, jamoat ishlari o‘qishdan bo‘sh vaqtda bajariladi.
Huquqbuzarlar haq to‘lanadigan jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (ob’ektlar) va haq to‘lanadigan jamoat ishlarining turlari mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar — ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Ma’muriy qamoqqa olish - Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Muxammadi Jo‘raev
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Mirzacho‘l tuman sudining raisi
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
01 апрель 2024, Понедельник
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili to‘g‘risida”gi 2024 yil 29 fevraldagi O‘RQ–917-sonli Qonun mazmun-mohiyati haqida
Изоҳлар (0)