"Farzand tarbiyasida ota-onaning maʼsuliyatiʼʼ
Mirzachoʻl tumani 7-maktabda joriy yilning noyabr ʼʼZoʻravonlikdan holi maktabʼʼ oyligi doirasida boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari ota-onalari yigʼilishinga ʼʼFarzand tarbiyasida ota-onaning maʼsuliyatiʼʼ tarbiya haftaligida "Oilada va oʻquvchilar jamoalarida zoʻravonlikning oldini olishʼʼ-Oila va maktab oʻrtasida bolalarni himoya qilish boʻyicha hamkorlikni yaxshilash maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida zoʻravonlik turlari, ularning oilada, maktabda yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf qilish yoʻllari haqida maʼruza qilindi.
Maktabning 1-11-sinf o'quvchilari uchun Noyabr oyining 2-haftasi "Biz zo'ravonlikka qarshimiz!" haftaligida ko'rgazmalar tashkil qilindi. "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida o'qituvchilar va o'quvchilar uchun so'rovnoma o'tkazildi. 1-11sinf o‘quvchilariga zo‘ravonlik haqida tushunchalar berildi. Ular bilan aksiya doirasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ushbu aksiyada o'quvchilar, ota-onalar, o'qituvchilar yuqori kayfiyatda ishtirok etishmoqda. O'quvchilar, ota-onalar va pedagogik-jamoaga tushuntirish ishlari olib borildi.
R. Sharifzoda
7-maktab amaliyotchi psixologi