Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Til bilgan el biladi

25 ноябрь 2024 йил
14
0

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda so‘ngi yillarda yoshlarning chet tillarini bilishga qiziqishlari yanada oshmoqda va shu bilan bir qatorda tillarini o‘rgatuvchi o‘quv markazlari ham ko‘payib bormoqda.
 Joriy yilda Mirzacho‘l tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov tashabbusi bilan tumanimizda ochilgan "GAGARIN STUDY" o‘quv markazida ham til o‘rganayotgan yoshlar soni ham kundan kunga oshib bormoqda. Bu yerda dars berayotgan o‘qituvchilar ham bilimga chanqoq yoshlarga bor bilim va imkoniyatlarini ishga solib dars berishmoqda. Bularga misol qilib 1- umumta’lim maktabida joylashgan o‘quv markazimizda dars berayotgan Koreys tili o‘qituvchisi Kamola Ubaydullayeva va Ingliz tili o‘qituvchisi Maftuna Mamanazarovalarning ish faoliyati bilan qiziqdik. Koreys tili o‘qituvchisi Kamola Ubaydullayeva: Hozirda 20 yoshdaman Toshkent kimyo xalqaro Universitetining 4- kurs talabasiman.Koreys tilini o‘rganishimga sabab. Universitetga o‘qishga kirganimizda koreys tilini o‘rganish majburiy bo‘lgan, men ham you tube kanallarida boshlang‘ich koreys tili darslarni o‘rganib qiziqib qolganman va malakali ustozlardan ta’lim ola boshlaganman. 1-kursimni o‘zida til sertifikatini qo‘lga kiritdim. Uch yildan buyon o‘quv markazlarida koreys tilidan dars beraman. Hozirda 100 dan ortiq o‘quvchilarim bor va ulardan 20 ga yaqini koreys tili sertifikatiga hujjat topshirdi. Bir tilni bilgan odam ikkinchi tilni ham o‘rgangisi keladi deganlaridek, men ham Ingliz tilini ham o‘rganib bormoqdaman va bundan tashqari jahon adabiyotining durdona asarlarini ham o‘qishga vaqt topaman.Kelajakda o‘zim o‘qiyotgan universitetda Koreys tilidan dars beruvchi katta o‘qituvchi bo‘lmoqchiman. Asosiy maqsadim o‘quvchilarim Koreyaning nufuzli universitetlarida o‘qishi, yaxshi ishlarda ishlashi, kamol topishlariga o‘z hissamni qo‘shish deydi Kamola. Koreys tilidan tahsil olayotgan o‘quvchilar. Sattorov Hosilbek: 17 yoshda.  Men joriy yilda 18-maktabni tamomladim, hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti 1-kurs
talabasiman. Joriy yil 1-iyunidan boshlab "GAGARIN STUDY" da koreys tili darslariga qatnay boshladim. Hozirda koreys tilini 80 foiz bilaman. Hamroyeva Ruxshona: 17 yoshda.  Men joriy yil 10-sentyabrdan boshlab "GAGARIN STUDY" o‘quv markazida koreys tilidan tahsil olmoqdaman. Maqsadim kelajakda Koreyaning nufuzli Universitetlarida tahsil olish. Biz koreys tilini bizga sidqi dildan o‘rgatayotgan ustozimiz Kamola Ubaydullayevaga katta rahmat aytamiz.
Deydi Kamolaning o‘quvchilari. Ingliz tili o‘qituvchisi - Maftuna Mamanazarova: Hozirda
26 yoshdaman. Men Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-sonli akademik litseyda xorij tillari fakultetida tahsil oldim va keyinchalik Jizzax davlat pedagogika institutida Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qidim. Ikki marta sertifikatga imtihon topshirganman. Ingliz tilidan 5 yildan buyon ta’lim berib kelaman. Birinchi bo‘lib ish faoliyatimni Jizzax shahrida "Best" o‘quv markazida boshlaganman. Hozirda tumanimiz hokimi Botirjon Mirzaqulov
tashabbusi bilan ochilgan "GAGARIN STUDY" o‘quv markazida dars bermoqdaman. Hozirda yoshlarni ikki yo‘nalishda tayyorlayapmiz ya’ni 1-chet davlatlarda ishlashga Migratsiya asosida ketishi uchun, 2- ishlash va o‘qish uchun xalqaro va milliy sertifikatlar olishlari uchun. Hozirda 30 dan ortiq o‘quvchilarimiz bor va o‘rganish darajasi juda yaxshi.  Mening hayotdagi shiorim "Hayotda eng yaxshisi bo‘lsin yoki hech qaysisi bo‘lmasin". Ingliz tilini o‘rganishda o‘quvchilarim ozgina qiynalishi yoki o‘rgatishda o‘zim ozgina qiynalishim mumkin lekin natijasi juda chiroyli bo‘lishi kerak, o‘quvchilarim ingliz tilini bilish bo‘yicha eng kuchlilari bo‘lishlari kerak va men buning uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Ishdan bo‘sh vaqtlarimda badiiy kitoblar o‘qiyman va pazandalik bilan ham shug‘ullanib turaman deydi Maftuna. Ingliz tilidan tahsil olayotgan o‘quvchilar: Suyunova Sevinch: Men Ingliz tiliga oldindan qiziqardim. Joriy yil iyun oyidan "GAGARIN STUDY" o‘quv markazida ingliz tilidan Molde Lever kursiga qatnay boshladim. Men bu yerga qatnashdan oldin ingliz tilini bilish darajam 50 foiz bo‘lgan bo‘lsa hozirda darajamni 70-80 foizga oshira oldim va bunda o‘qituvchimga rahmat aytaman. Deydi Maftunaning o‘quvchisi Sevinch. Biz maqolamiz qahramonlari Maftuna va Kamolaxonlarga va ularning o‘quvchilariga kelgusi faoliyatlarida ham omad tilab qolamiz.

Davron Adanov 
"Mirzacho‘l ziyosi" gazetasi muharriri

 

 

     

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар