Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » "Kerak emas” – demoqlik kerak emas, Kerak ekanligini uqtirmoq kerak !!!

"Kerak emas” – demoqlik kerak emas, Kerak ekanligini uqtirmoq kerak !!!

25 ноябрь 2024 йил
13
0

Oʻqituvchilarni behurmat qilish qonunan taqiqlandi

Fan o‘qituvchisi zoti yo‘qki hech bir nafar o‘quvchidan o‘z faniga nisbatan salbiy fikrlarni tinglamagan bo‘lsa. Ha bu achinarli, ha bu og‘riqli. Biroq bunga nisbatan munosib munosabat bildirolmaslik haqiqiy mag‘lubiyatdir. Shaxsan o‘zimning dars jarayonimda ham xuddi shu ko‘ngilga noxushlik ulashadigan "sizning faningiz o‘zi nima uchun kerak?" (geografiya) degan savolga ro‘baro‘ keldim. O‘quvchilarning ko‘zlari chaqnab ketganidan sezish mumkinki bu savolning javobi ko‘pchilik uchun juda qiziqdek edi. O‘quvchiga murojaat qilar ekanman, undan kelajakda kim bo‘lishini so‘radim, o‘quvchi menga javoban ona-tili o‘qituvchisi bo‘lishini aytdi. Va men unga javoban quyidagi she’rni o‘qidim

Amerika sehrli diyor,

Uxlar edi Kolumb ham hali

Dengiz ortin yoritdi ilk bor,

Beruniyning aql mash’ali.

Kolumbda bor alamim manim ,

O‘zbekiston vatanim manim!

va izohladim. Ushbu she’r
adabiyot kitoblaridan olingan bo‘lsa, X va XI asrlarda yashab o‘tgan Abu Rayhon Beruniy "materiklar xuddi daraxt bargi singari suv yuzasida doimiy harakatda bo‘ladi" degan fikrlari va oradan vaqtlar o‘tib 1492-yilda H.Kolumbning o‘zi bilmagan holda Amerika qit’asini kashf qilinishi geografiya kitobida yozilganligini va bu ikki fan uzviy ravishida bog‘liq ekanligini hamda geografiya haqida bilimga ega bo‘lmay turib adabiyotdagi deyarli hech bir she’r yoki asarni ma’no mohiyatini tushunmasligini tushuntirishga harakat qildim.

     Boshqa bir o‘quvchi yoki qiziqqanidan yoki mot qilish ilinjidami, endi tibbiyot bilan ham bog‘lab bering-chi? – deb qoldi. Unga javoban geografiya va tibbiyotni kim ajratishga ulguribdi deya hazilomuz javob qildim-da, navbatdagi faktni misol tariqasida keltirib o‘tdim. Biz yashaydigan hududdan ya’ni cho‘l zonasidan va vodiy tomondan aniqrog‘i tog‘lik hududda istiqomat qiluvchi insonlardan har ikkisi ham tomoq
sohasidan shikoyat qilib shifokorga borsa hamda shifokor geografiyani yaxshi o‘qigan bo‘lsa katta ehtimol bilan ikkisiga ikki xil tashxis qo‘yadi, sababi cho‘l hududida sho‘rxok va zax yerlarda
yashaganimiz sababli bizning oshqozonimiz va ichaklarimizda yallig‘lanishlar kuzatilganligi tomoq sohamizdagi og‘riqlarga sabab bo‘lsa tog‘lik hududida hayot kechiruvchilarning bu
holatdan shikoyat qilishiga tog‘lardan oqadigan suvlar
miqdorida tuz kamligi va bu oqibatida insonlarga yod yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tib. Boshqalar savol berishini kutmadim
geografiya matematika bilan ham,
biologiya bilan ham, tarix bilan ham bevosita bog‘liqligini birin ketin misollar bilan sanab berdim. Inson tanasidagi a’zolari turlicha vazifalarni bajargani bilan bir-birini to‘ldirib turadi fanlar ham xuddi shunday funksiya bilan ishlaydi deya o‘quvchilarning savollariga kerakli javobni berdim.

     Bu maqola bilan qoyil qildim demayman va hech bir o‘quvchi boshqa fanni yig‘ishtirib geografiyani o‘qib ham ketmadi lekin yutug‘im shu bo‘ldiki fanimga nisbatan yuzaki qarashlar ortga chekindi. Meni tushuncham shuki biz bilim berishdan oldin yo‘nalish berishimiz kerak va hamma fan ham kerak ekanligini uqtirmoqligimiz kerak !!!

 

Bahromov Javoxir

Mirzacho‘l tumani 11-maktab
geografiya fani o‘qituvchisi.

Manba: "Mirzacho`l ziyosi" gazetasi

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

BAXTGA ERISHGAN BOLAKAY
25 ноябрь 2024, Понедельник
BAXTGA ERISHGAN BOLAKAY
Til bilgan el biladi
25 ноябрь 2024, Понедельник
Til bilgan el biladi
Onalar bilan suhbatlar o‘tkazildi
12 март 2024, Вторник
Onalar bilan suhbatlar o‘tkazildi
BAHOYINGIZ QANCHA?
29 ноябрь 2023, Среда
BAHOYINGIZ QANCHA?
Hunardan oyoqqa turgan Gulbahor Akaboyeva
25 сентябрь 2023, Понедельник
Hunardan oyoqqa turgan Gulbahor Akaboyeva
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар