Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » MIRZACHO'LDA “ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” AKTSIYASI DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

MIRZACHO'LDA “ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” AKTSIYASI DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

02 декабрь 2024 йил
7
0

BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, sifatida belgilangan.

2014 yilda BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Aktsiya doirasida Mirzacho'l tumanidagi ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tuman hokimligida bo'lib o'tgan ana shunday navbatdagi seminar treningda so‘z olganlar xotin-qizlarga nisbatan har qanday zo‘ravonliklarning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilishda ayollarning muammolari haqida o‘z vaqtida xabar topish va tegishli idoralar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘z yuritdilar. Zo‘ravonlik va uning turlari, xotin-qizlarning huquq va erkinliklari haqida tushunchalar berilib, har qanday zo‘ravonlikni oldini olish, undan jabr ko‘rganlarga huquqiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda himoya orderlarini berish orqali oilalar tinchligi va totuvligi ta’minlash borasida ma’lumotlar taqdim etildi.

Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbir yakunida ishtirokchilarning takliflariga ko‘ra bu turdagi suhbat, trening va uchrashuvlarni har bir tashkilot, muassasa va mahalla fuqarolar yig‘inlarida tizimli ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan mavzuga oid bukletlar tarqatildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

"Farzand tarbiyasida ota-onaning maʼsuliyatiʼʼ
26 ноябрь 2024, Вторник
"Farzand tarbiyasida ota-onaning maʼsuliyatiʼʼ
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
12 август 2024, Понедельник
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
Oilaviy zoʻravonlikka barham beraylik
27 август 2024, Вторник
Oilaviy zoʻravonlikka barham beraylik
Oilaviy zoʻravonlikka barham beraylik
25 июль 2024, Четверг
Oilaviy zoʻravonlikka barham beraylik
Mirzacho`lda seminar trening
10 август 2023, Четверг
Mirzacho`lda seminar trening
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар