Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Jizzaxda sanoat texnoparki quriladi

15 сентябрь 2023 йил
137
0

Jizzax viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan sanoat texnoparki qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, Xitoyning Savdo-sanoat palatasi ijrochi raisi Lyu Yuy va tadbirkorlar hamda faollar ishtirok etishdi.


Viloyat hokimi tadbir avvalida xorijiy hamkorlarga Jizzax viloyati bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda koʻrsatayotgan faol yordami uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Taʼkidlanishicha, soʻnggi bir necha yil ichida Jizzax viloyatida Xitoy kapitali ishtirokida roʻyxatga olingan korxonalar soni 40 dan oshdi va ushbu korxonalar tomonidan hududga bugungacha 910,0 mln. dollardan ortiq investitsiyalar jalb etilgan.


Shuningdek, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash barobarida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududida 2023-2025-yillarda amalga oshiriladigan loyiha natijasida mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmi 1,5 borabarga ortadi.

Maʼlum qilinishicha, Texnopark oʻz ichiga elektrotexnika mahsulotlari, kimyosanoati, tekstil va qurilish materiallari kabi sohalardagi ishlab chiqarish loyihalarni qamrab oladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар