Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Hunardan oyoqqa turgan Gulbahor Akaboyeva

Hunardan oyoqqa turgan Gulbahor Akaboyeva

25 сентябрь 2023 йил
114
0

 

Bu hunar har bir qizga kerak ekan, shu hunarim orqali ko‘plab joylarga bordim, tanlovlarga qaatnashdim. Nimaiki orzu niyatlarim bo‘lsa hammasiga erishib kelayapman, e’tiborda bo‘ldim qo‘llab-quvvatlashdi mahalladagilar, tumandagilar. Bu hunarim o‘zim uchun oddiy bir qiziqish edi, keyinchalik shu orqali o‘z bisnesimni yo‘lga qo‘ydim. Haddan ziyod siqilganimdan shuncha darajada beriilib ketdimki, hozirgi vaqtda 60 ga yaqin shogirdlarni yetishtirib chiqardim. Avvallari bir sog‘lom qiz edim, beg‘ubor yoshlik, o‘ynab kulish, uy ishlari, shunday band bo‘ldimki, bunday qaraganda, achinarli bir holat ekan qiz bola bir hunarli bo‘lmasa, baribir qiyin bo‘larakan. Ertaga boshimizga nima kelishini bilmaymiz, ko‘p hunarlarni egalladim, eng ushlab qola olganim, menga eshik ochib bergani, qizlarga taqinchoqlar yasash.

 

Yosh qizlarimizga shunaqa maslahatlar berardimki, nimaiki hunar bo‘lsa, bittamas, bir nechta hunarni egallashlarini, ertaga oldinda o‘zlarini o‘zlari ish bilan band qiladi, kelajak avlodni shu hunari orqali hunarli qilib tarbiyalaydi ham. Uyda kim boqar ekan deb turish bu judayam odamni qiyin holatini aks ettiradi, menimcha, shu narsani his qilganim uchun, yotib qolgan holimda, nogiron holimda, nimaiki hunar meni ozgina bo‘lsin qiziqtirsa, qo‘limdan kelsa o‘sha narsani qildim. Endilikda o‘sha daromadimdan ajratgan holda uyda ko‘rpa tikishni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Bu soha menga begona bo‘lgani uchun ham yanada o‘zimni sinab ko‘rish, qo‘shimcha daromad yaratish, insonlarga foydali ish bilan hissa qo‘shish maqsadida shu ishga qo‘l urdim. Har qanday holatda ham har bir ish mavsumli bo‘ladi. Tadbirkorlarda hunarmandlarda ishining mavsumi bo‘ladi. Yetti yil avval xastaligim tuufayli asta asta rivojlanib borayotganligi sababli yotib qolish bosqichigacha keldim, hozirda esa shu hunar orqali, mahallabay tizimidagi e’tiborlar orqali asta sekin oyoqqa turayapman. Kelgusida qo‘limdan yana nima kelsa sinab ko‘rib, yirik loyihalar, rejalarni oldimga qo‘yib, rivojlanishni, jamiyatga, vatanim ravnaqiga, oilamga katta hissa qo‘shishni maqsad qilganman.


Suhbatlashdi
Xurshida Sherbekova
Jurnalist

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар