Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » KAFILNING GAROVDA BO’LGAN MULKI XATLANDI

KAFILNING GAROVDA BO’LGAN MULKI XATLANDI

12 октябрь 2023 йил
116
0

 

Byuroning Mirzacho’l tuman bo‘limi ish yurituvida Do’stlik tumanlararo sudining 01.02.2022 yildagi qarzdor “VEGETABLE HOUSE” MChJ hisobidan AT “Xalq banki” foydasiga 1.989.843.475 so’m kredit qarzdorligi undirish hamda undiruvni qo’shimcha javobgar “BEKZAT KUNAROV” FXga tegishli bo’lgan Mirzacho’l tumani, G’alaba MFY, Paxtakor ko’chasi hududida joylashgan suniy urchitish binosi va inshootlariga qaratish to’g’risida ijro hujjati mavjud.

Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari natijasida Mirzacho’l tumani, G’alaba MFY, Paxtakor ko’chasi hududida joylashgan suniy urchitish binosi va inshootlari qarzdorlik evaziga xatlanishi ta`minlandi.

Bugungi kunda ushbu xatlangan garov mulki bo’lgan binoni baholatish hamda auksion savdosiga chiqarish yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.

Ma`lumot o’rnida, Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi tomonidan joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida banklar foydasiga undiruv bilan bog’liq 623 ta 37,1 mlrd. so’mlik ijro hujjatlari ish yurituvdan tamomlangan bo’lib, 365 ta
20.2 mlrd. so’mi amalda ijrosi ta`minlangan.     

 

O.O.Qo’shoqov

Byuroning Mirzacho’l tuman

bo’limi davlat ijrochisi

2-darajali yurist                                                                                                   

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар