YER QONUNCHILIGIGA RIOYA QILMASLIK, ALBATTA NOQONUNIY QURILMANI BUZILISHIGA OLIB KELADI
So’nggi yillarda respublikada yer uchastkalarida oqilona va maqsadli foydalanishini ta`minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o’zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Biroq, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilma qurish, shuningdek, yerlarni o’zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligi va ushbu holatlarda Byuro organlari tomonidan sud qarori ijrosini ta`minlash borasida ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo’yicha Do’stlik tumanlararo sudining 07.10.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan Mirzacho’l tumani, Turkiston MFY hududidan o’zboshimchalik bilan qurib olingan 225 kv.m poydevor qarzdor S.B hisobidan majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan bo’lib, olib borilgan ijro harakatlari davomida ushbu noqonuniy qurilma majburiy tartibda buzdirilishi ta`minlandi.
So’z o’rnida, yer uchastkalarni o’zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish uchun jazo muqarrarligini eslatib o’tamiz.
Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
11 март 2023, Суббота
Kredit qarzdorlik evaziga 594.776 AQSh dollariga baholangan bino auksionga chiqarildi
Изоҳлар (0)