Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44

Hashar elga yarashar

19 март 2024 йил
31
0

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo'lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu –ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

Mana shunday ulug' kunlarda 16-17-18 mart kunlari yurtimizda umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. O`zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari Mirzacho'l tuman MMTBga qarashli 16-umumta'lim maktab pedagog va xodimlari tomonidan ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Erta tongdan barcha umumta'lim maktab xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.

Hashar davomida daraxtlarga shakl berish, bardyorlarni oqlash va ranglash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi.

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, maktab hovlisi ozoda, shinam va obod holga keltrildi.

 

 

Husan Nazarov

Mirzacho‘l tumani MTMBga
qarashli 16-sonli maktabning
ona-tili va adabiyot fani o‘qtuvchisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар