Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Odam savdosi davr muammosi hamda oilaviy zo‘rovonlikka qarshi kurashishning huquqiy ahamiyati

Odam savdosi davr muammosi hamda oilaviy zo‘rovonlikka qarshi kurashishning huquqiy ahamiyati

27 август 2024 йил
42
0

Odam savdosi va zо'ravonlikka qarshi kurash – Qashqadaryo viloyat ma'muriy  sudi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-sonli “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, dastlabki identifikatsiya - jismoniy shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida maʼlumotlarni olishga, oʻrganishga va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar. Suhbat - odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash, ularga tegishli yordamlarni koʻrsatish uchun odam savdosidan jabrlangan shaxs sifatida eʼtirof etishga hamda ularning Qonunda koʻrsatilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan suhbat. Suhbat va qayta yoʻnaltirishni olib boruvchi mutaxassis - “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida koʻrsatilgan davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalarining maxsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan vakili.
Qayta yoʻnaltirish — odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni tezkor, sifatli va malakali yordam koʻrsatilishiga hamda himoyaga olishga yoʻnaltirish. Yakuniy identifikatsiya - jismoniy shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yoki tan olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish faoliyati davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ushbu qonun normalarining asosida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari qonun bilan qo‘rqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Oilaviy zo‘ravonlikni hech qanday sharoitda oqlab bo‘lmaydi, chunki u insonning asosiy huquqlariga (hayoti, sog‘ligi, sha’ni, qadr-qimmati, erkinligi) daxl qiladi. Zo‘ravonlik faqat jismoniy kuch ishlatish bilan emas, ruhiy, axloqiy, iqtisodiy va maishiy bosim ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi va oilaning har qanday a’zosiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Haqoratlash, majburlash, zo‘rlash, iqtisodiy cheklovlar qo‘yish, muntazam ruhiy qiynoqqa solish kabi holatlar ham zo‘ravonlik sifatida baholanadi. Qonun fuqarolarni zo‘ravonlikning har qanday turidan himoyalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida "oilaviy-maishiy zo‘ravonlik" atamasiga izoh berilmagan. Ammo xalqaro miqyosda bu termin keng qo‘llanadi. Oilaviy zo‘ravonlik faqat bir mamlakat va millatga xos illat emas, u bilan butun dunyo kurashib keladi. Shuning uchun ta’rifni xalqaro manbalardan keltiramiz.
Oilaviy-maishiy zo‘ravonlik — oilaning bir a`zosiga nisbatan boshqa bir a’zosi yoki a’zolarining muntazam davom etib keluvchi, takrorlanib turuvchi zo‘ravonligidir va u asosan oila ichida ro‘y beradi. Jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlik kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Jahon miqyosidagi statistika va umumiy tendensiyalarga nazar tashlasangiz, oilaviy zo‘ravonlikdan asosan ayollar va bolalar jabr ko‘rayotgani ma’lum bo‘ladi. Lekin bu mutlaq xarakterga ega emas, ya’ni oilada erkak kishining ham ayoli yoki ota-onaning farzandlar yoxud boshqa oila a’zolari tomonidan ruhiy bosim ostida yashab kelishi kuzatiladi. Bu ham oilaviy zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi sanaladi. Chunki, mazkur holatda shaxsning birlamchi huquqlari buziladi, natijada jabrlangan shaxs jiddiy psixosomatik kasalliklar orttirishi yoki boshqa ayanchli holatlari ro‘y berishi mumkin.

Oilaviy zo‘ravonlikning eng og‘ir oqibatlaridan yana biri farzandlar ruhiy holati va axloqiga yetkaziladigan jiddiy zarardir. Ko‘pincha, bolalarning o‘zi ham oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarda oilaviy-maishiy zo‘ravonlik oqibatlari turli kasalliklar shaklida namoyon bo‘lsa, o‘smir yoshdagilar orasida u hol suitsid holatlariga olib kelishi ham kuzatiladi.
Bundan tashqari, tarang munosabatlar, notinchlik, beqarorlik, muntazam xavotir va qo‘rquv tuyg‘usi tufayli bolalar tarbiyasida va ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi shubhasiz.
Bizning mentalitetda oila oliy qadriyat sanaladi. Farzandlar kattalarga hurmat, an’analarga sodiqlik ruhida tarbiyalanadi. Biroq shu o‘rinda bola huquqi va shaxs erki masalalari e’tibordan chetda qoladi. Vaholanki, O‘zbekiston hududida tug‘ilgan har bir bola hayotining ilk daqiqalaridanoq qonun himoyasidadir.
Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonunlar – 2016» deb nomlangan hisobotida aytilishicha, hozirda dunyodagi 46 mamlakatda oilaviy zo‘ravonlikni taqiqlovchi qonunlar yo‘q. Ular orasida MDH hududidagi uch mamlakat – Rossiya, Armaniston va O‘zbekiston ham bor. 2017-yilda Armaniston oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihasini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyulda imzolangan «Ijtimoiy reablitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida Adliya vazirligi oldiga "Maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

A.Xujanazarov
Do‘stlik tumalararo iqtisodiy
sudi sudyasi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“Korrupsiya – Taraqqiyot kushandasi”
23 август 2024, Пятница
“Korrupsiya – Taraqqiyot kushandasi”
ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO
30 июль 2024, Вторник
ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO
ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO
25 июль 2024, Четверг
ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO
Mening mahallam, mening sudyam!
01 март 2024, Пятница
Mening mahallam, mening sudyam!
Odam savdosi global muammo
28 январь 2023, Суббота
Odam savdosi global muammo
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар