Tyanszin - Jizzax viloyati hamkorlik va almashinuv konferensiyasi oʻtkazildi
Mazkur konferensiyada Xitoy tomonidan Tyanszin shahar KKP Doimiy qoʻmitasi aʼzosi va Binxay Yangi tuman KKP qoʻmitasi kotibi Lyan Maoszyun, Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili,Tyanszin shahar sanoat va savdo federatsiyasi raisi Lou Sze, shahar umumiy savdo palatasi prezidenti, Tyanszin shahar CPC qoʻmitasining tashqi ishlar boʻlimi direktori oʻrinbosari va birinchi darajali inspektor Chjao Szyanlin, Tyanszin shahrining Binxay yangi tumani hokimi oʻrinbosar iLyan Imin, Tianjin Mingyuan Silk Road MCHJ raisiLi Syanchen va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Xitoy korxonalari boʻyicha prezidenti Lyu Yuy va Tyanszin shahridagi xususiy korxonalar vakillari ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston tomonidan Jizzax viloyati hokimi E.Saliyev, viloyati hokimi oʻrinbosari I. Komilov, Jizzax shahar hokimi K. Xolmurodov, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi A.Boqiyev hamda Jizzax viloyati ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu konferensiya Tyanszin - Jizzax viloyati oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaruvchi hamkorlik va almashinuv aloqalarini oʻrnatish maqsadida tashkil etildi.
Konferensiyani Jizzax viloyati hokimi E.Saliyev ochib berdi.
Viloyat hokimi hozirda olib borilayotgan islohotlar haqida, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar, bir necha martalik Xitoy Xalq Respublikasiga boʻlgan tashriflar hamda Jizzax viloyatining salohiyati haqida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng, Tyanszin shahar KKP Doimiy qoʻmitasi aʼzosi va Binxay Yangi tuman KKP qoʻmitasi kotibi Lyan Maoszyun soʻzga chiqdi. Janob Lyan Maoszyun ham ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar va Xitoylik tadbirkorlarni Jizzax viloyatida amalga oshirayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekiston korxonalarining vakillari tomonidan oʻz korxonalarini tanishtirish maqsadida taqdimotlar tashkil etildi.
Tadbirda ikki davlat Savdo-sanoat palatalari hudud rahbarlari va Minguan Silu Industry MCHJ rahbari ham soʻzga chiqishdi.
Yakunda Tyanszin sanoat va savdo federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi oʻrtasida bitim imzolandi.