Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Mirzacho‘l tumani hokimi B.K.Mirzaqulovning 21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Mirzacho‘l tumani hokimi B.K.Mirzaqulovning 21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tabrigi

21 октябрь 2024 йил
37
0

Hurmatli yurtdoshlar!

 

Barchangizni, sizlar orqali butun Mirzacho‘l xalqini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Xalqimizning donishmandligi, asriy orzulari, armonlari, quvonchlari o‘zbek tili tarixida o‘z ifodasini topadi. Millatning aziz mulki sifatida e’zozlanadigan va yuksak tafakkur mahsuli bo‘lgan - Ona tili milliy qadriyatlarimizning eng bebahosi, nodiridir. Dunyoga dovrug‘ solgan buyuk allomalarimiz, tarixchi, olimlar, shoiru yozuvchilar aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelgan. Qanday xalq, qanday millat ekanligimizni isbotlagan. Buyuk madaniyatimizning bebaho namunalari, yirik ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar aynan shu tilda yaratilgandir. Ularga murojaat etar ekanmiz, nafaqat ma’naviy ozuqa olamiz, balki o‘zbek tilining sofligini ta’minlash, asrab-avaylash uchun mas’ullik sezamiz. Chunki bizning bu dunyoda borligimizni, kuch-qudratimizni namoyon etuvchi xazina – o‘zbek tili hisoblanadi.

“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganligiga bu yil 35 yil to‘ldi. O‘tgan vaqt ichida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish yo‘lida bir qator muhim qadamlar qo‘yildi. Tilning umriboqiyligini ta’minlash, uning sir sinoatini kashf etish yo‘lida bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, lug‘atlar chop etildi, davlat tilini mukammal o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan ijod maktablarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi va qo‘yilmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Yaponiya kabi 20 ga yaqin davlatning 60 dan ortiq universiteti va 100 dan ziyod maktabida buyuk Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib targ‘ib etgan, Navoiy bobomiz tomonidan buyukligi isbotlangan - o‘zbek tili o‘rganilmoqda. Sohaga oid 10 ga yaqin huquqiy me’yoriy hujjat qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2019-yilning 21-oktabridagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim asos bo‘ldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu tarixiy sana O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi 615-son Qonuni bilan O‘zbek tili bayrami kuni qilib belgilandi.

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir. 

Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning: “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono o‘gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlarimiz har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

Ayni vaqtda tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Hududlarda tashkil etilgan milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Bugungi globallashgan dunyoda tillarning bir-biriga o‘zaro ta’siri, jumladan, chetdan so‘z qabul qilish ko‘lami va sur’ati ortib bormoqda.

Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi. Mana shunday qarash va tushuncha har birimizning hayotiy e’tiqodimizga aylansagina natija bo‘lishi mumkin. Bu borada muhtaram ziyolilarimiz, faol yoshlarimiz, keng jamoatchiligimiz barchaga o‘rnak va namuna bo‘ladilar, deb ishonaman.

Aziz vatandoshlar!     

Fursatdan foydalanib, milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha fidoyi tumandoshlarimizga chin qalbdan minnatdorlik bildiraman.

Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар