Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Mirzacho‘l tumanida navro‘z shodiyonasi

Mirzacho‘l tumanida navro‘z shodiyonasi

18 март 2024 йил
33
0

Bahor faslining o‘zagcha shukuhi Ona diyorimiz bo‘ylab bo‘y cho‘zmoqda. Bahor o‘z tarovatini avvalo qir- adirliklarda namoyon yetadi. Mana shunday faraxbash kunlarda xalqimiz umumxalq sayllariga hozirlanib, ajdodlarimizning qadimiy bayrami navro‘zi olamni birgalikda xursandchilik qilish uchun taraddu ko‘rishadi. Darhaqiqat, ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat va saxovat, muruvvat, bunyodkorlik va oliyjanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar navro‘z-u ayyom bayrami misolida asrlar davomida sayqallanib ulug‘lanib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2024-yilgi “Navro‘z” - umumxalq bayrami, “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” xalq sayillari sifatida ko‘ratinki ruxda o‘tkazilishi belgilandi. Xalqimiz orzuqib kutgan navro‘z bayramini bu yil 55 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan ko‘p millatli Mirzacho‘l tumanda ham katta hozirlik ko‘rildi.

Navro‘z xalqimizning turmush tarzida yangi kun, yangi davrni boshlab beradi. Navro‘z qadriyatlari esa qaysidir ma’noda eski yil yakuni, yangi hosil, yilining boshlanishi bo‘lgani uchun ham bayram timsolida yangi rejalar o‘rtaga tashlanadi. Ayni kunlarda ona diyorimizda Navro‘z bayrami shukuxi kezmoqda. Xalqimizning yuz chehrasida quvonch va kulgu, bahoriy kayfiyat. Xalq sayliga aylangan Navro‘z bayramini Mirzacho‘llik vatandoshlarimiz ham bahoriy kayfiyatda munosib kutib olishdi. Erta tongdan karnay, surnay, ona vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar sadosining baralla yangarshi, bu yerlik yoshu-qarining qalbga ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukux baxsh etdi desak xato emas.

Navro‘z- bahor faslining eng ulug‘, milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni o‘ziga jo qilgan umumxalq bayrami. Yangilanish va yasharish fasli. Bahor, hamal oyining boshlanishi ona tabiatning uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. Ayni shu kunlarda kun va tunning tenglashish vaqti bilan ham ahamiyatlidir. Eng muhimi, “Navro‘z” bu yurtdoshlarimiz sog‘inib, kunlarning isishi bilan hamohang kutadigan, sevib nishonlaydigan, milliy bayram. Unda xalqimiz o‘zbek mintaletetiga xos bo‘lgan turli o‘yinlar ashulla, lapar va aytishuvlar, baxshilar ijrosi, milliy raqslar, bolalar tomonida sevib o‘ynaydigan xalq o‘ynlari bilan boshqa bayramlardan ajralib turadi. Milliy qadriyat sifatida asrlar davomida keng nishonlanib kelinayotgan “Navro‘z” - umumxalq bayrami bu yil chin ma’noda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” xalq sayllari sifatida ko‘ratinki ruxda keng quloch yoymoqda. Bu kun ko‘p millatli mirzacho‘llik yurtdoshlarmiz qalbida xushkayfiyatlik baxsh etgan. Ayniqsa, milliyligimiz o‘zida aks yetgan atlas-adras kab turli matolardan tikilgan milliy liboslar, qizlar egnida o‘zgacha ko‘rinish berib bahoriy iliklik ulashayotgandek guyo.

Navro‘z shodiyonasi, quvnoq kuy-qo‘shiqlar sadosi bilan to‘lgan osmonni to‘ldirib uchgan varraklar esa kelajak avlodning barkamol va ishonchli qadamlaridan darak berdi. Yoshu qari bahor faslini intiqlik bilan kutishi bejizga emas. Sababi, har yili fasllar kelinchagi yurtimizga o‘zi bilan birga qator bayramlarni boshlab keladi. Qalblarimizdagi mehr va oqibat tuyg‘ularini yuksaltiradi. Ko‘klamning tarovatini qalblarimizga yanada chuqurroq kirib borishida, xalqimizning milliy qadriyat va an’analari, xalq o‘yinlarining aynan mana shu go‘zal bahor fasli bilan chambarchas bog‘liqligining ham o‘rni beqiyos. Bu chog‘larda barchaning yuzida tabassum, ko‘zlarida quvonch ufurib turadi.

Bahor insonlarni yangilikka, yaratuvchanlik va bunyodkorlikka undaydi. Kun bilan tunnning tenglashashishi ham aynan shu mavsumda ekani bu ezgu ayyom qadrini yanada oshiradi. Bahoriy bayramlar bahonasida do‘stlik, birodarlik rishtalari mustahkamlanib, qo‘ni-qo‘shnilar bir-birlariga ko‘klamning tansiq taomlarini ulashadilar. Olijanob xalqimiz mana shu kunlarda mexr - saxovat tadbirlarini ham unitishgani yo‘q. Muborak Ramazon oyi, Navro‘z bayrami munosabati bilan yoshi ulug‘ otaxon-u onaxonlar, bemorlar, o‘zgalar ko‘magiga muxtoj oilalarda yashovchi yurtdoshlarimiz xolidan xabar olishyapti.

Bor gapki, har yili o‘tkazilishi an’ana tusini olgan milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan “Navro‘z” umumxalq bayrami bu yil ko‘p millatli mirzacho‘llik yurtdoshlarimiz qalbida unutilmas kunga aylandi desak mubolag‘a emas. Ayniqsa, kun davomida san’atkorlar ijrosida bahor, tinchlik, shukuronalik, shuningdek, ona vatanni ulug‘lab tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushnudlik baxsh etdi.

Bu kun obodlik, bunyodkorlik va farovonlikka yuz tutgan Gagarin shahri, bahorni sevgan navro‘zni intiqib kutgan yurtdoshlarimiz uchun unutilmas kunga aylandi. Bolalar quvonchiga xamohang shukronalik, dillardan tillarga ko‘chgan bu shodiyona sururi endi xonadonlar fayziga ko‘chajak!

Bo‘lib o‘tgan xalq sayli davomida ko‘nglimizdan beixtiyor: Udumlarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishga harakat qilayotgan xalqimizning bayramlariga ko‘z tegmasin, degan kechinma o‘tdi. Darhaqiqat, ushbu tadbirning tarovati va zavqi dillarimizdan anchagacha ketmaydi. Istagimiz bu bayramlar vatanimizni hech qachon tark etmasin. Umrimizning yana bir bahori barchamizga muborak bo‘lsin!

Husan Nazarov

Mirzacho‘l tumani MTMBga
qarashli 16-sonli maktabning
ona-tili va adabiyot fani o‘qtuvchisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар