“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi 1-fevraldan boshlanadi
DIQQAT, DIQQAT, DIQQAT
Bunda loyihalar kiritish 20 kun — 1−20-fevral sanalarida amalga oshiriladi.
Loyihalarni saralash esa 21-fevraldan 11-martgacha davom etadi.
Ovoz berish esa 12−31-mart davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi.
Ochiq byudjet" (openbudget.uz) portali orqali o‘z mahallangizni obod qilish yoki mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflaringizni ilgari suring va ovoz to‘plab g‘olib bo‘ling!
BU YILGI MAVSUM YANGILIGI!
“Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etiladi
Fuqarolarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda “Tashabbusli budjet” jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Bunga ko‘ra, endilikda:
-“Tashabbusli budjet” jarayonlari “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili asosida o‘tkazilishi;
-“Mening yo‘lim” loyihasi har yili “Tashabbusli budjet” jarayonining birinchi mavsumi bilan birlashtirilgan holda o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)