Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » Sumalak saylida faollar ishtirok etdi

Sumalak saylida faollar ishtirok etdi

28 февраль 2024 йил
43
0

Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismidir. Sumalak pishirish shunchaki bir taom pishirish emas, yoshu keksa yig‘ilib bir kechayu, bir kunduz davomida katta gulxan yoqib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demakdir.

Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan.

Mirzacho'l tumanidagi “Bog'bon” QFYda mahalla xotin-qizlari ishtirokidagi mana shunday sumalak saylida tuman hokimi B. Mirzaqulov va faollar ishtirok etdi.

 

Bu betakror ayyomning noyob xislati tufayli mehr-oqibat, hurmat va muruvvat, hamjihatlik kabi insoniy tuyg‘ular yanada kuchayishi tog'risida fikrlarini bildirib, yurtimizga qut-baraka, yig'ilganlarga sog‘liq-omonlik, baxt va omad tiladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар