Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » G‘ALLANI  YONG‘INDAN  SAQLAYLIK!

G‘ALLANI  YONG‘INDAN  SAQLAYLIK!

06 июнь 2024 йил
102
0

Samarqandda g`allasi o`rib olingan er yonib ketdi

Mashaqqatli mehnatlar evaziga yetishtirilgan hosilni o‘rib-yig‘ib olish boshlandi. Bu muhim tadbirga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rilgandagina mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish mumkin. Hamma yerda bo‘lganidek, tumanimizda ham rizq-ro‘zimizni yig‘ishtirib olishga alohida e`tibor berilyapti.

Ayni kunlarda 2024-yil g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida nobudgarchiliklarsiz yig‘ishtirib olish davrida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida tuman FVB xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar reja asosida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Jumladan; Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tumandagi mavsumga jalb etilgan barcha o‘rim-yig‘im kombaynlarining holati, don qabul qilish korxonasining donni qabul kilishga tayyorligini holatini o‘rganmoqdalar. Elevatorlar xirmonlari va g‘alla saqlash omborlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan ta’nishib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan yuqori tashkilotlarga axborot va taqdimnomalar chiqarilmoqda.

G‘allani o‘rib yig‘ib olishda asosiy e`tiborni yong‘in xavfsizligi qoidalariga  qa’tiy rioya qilishga qaratgan holda,  o‘rim-yig‘im kombaynlarida ishni to‘g‘ri tashkillashtirishga e`tibor qilish zarur! Arzimagan ehtiyotsizliklar oqibatida bir kichkina uchqundan katta yong‘in kelib chiqishi mumkinligini har bir jalb qilingan ishchi va xizmatchilar, texnika vositalari haydovchilariga to‘g‘ri yetkazmog‘imiz  lozim.

Aziz hamyurtlar! Shuni bilib qo‘yish lozimki, G‘alla maydonlarida sigaret chekish, ochiq olovdan foydalanish, texnikalarga yoqilg‘i quyish va ta`mirlash ishlarini olib borish qa’tiyan man etiladi.

G‘alla o‘rilayotgan maydonlarda shudgor ishlarini bajaruvchi navbatchi traktor bo‘lishi, hamda dalalarni nazorat qilish uchun dala qarovuli bo‘lishi lozim.

G‘alla maydonlarida yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda mavjud birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari ya’ni yong‘in o‘chirgichlar, sholcha, kigiz, shox supurgi, tuproq sepish va shamolga qarshi tomondan shudgorlash yo‘li bilan olovni o‘chirib olishni bilishimiz zarur.

Hurmatli rahbarlar, g‘allakor dehqonlar, oddiygina yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilsak, yetishtirilgan mo‘l hosilni yong‘in talofatisiz yig‘ishtirib olishga erishamiz.

 

D.Hayitov

Mirzacho‘l  tumani  FVB boshlig‘i kapitan, 

A.Yaxshimurodov

Mirzacho‘l tumani FVB P va NB katta inspektori leytenant 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар